TIBBIY QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BRONXIPRET®
Preparatning savdo nomi: Bronxipret®
Ta’sir etuvchi moddalar: tarkibida timyan o‘ti suyuq ekstrakti, pechak barglari suyuq ekstrakti.
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tomchilar.
Tarkibi:
100 g tomchi Bronxipret® (bu 89,2 ml ga to‘g‘ri keladi) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
faol moddalar: 50 g timyan o‘ti suyuq ekstrakti, 3 g pechak barglari suyuq ekstrakti;
yordamchi moddalar: etanol, tozalangan suv, gidroksipropilbetadeks, natriy saxarin, limon kislotasi monogidrati.
Etanol miqdori: 22-26% (hajm/hajm).
Ta’rifi: jigarrang rangli shaffof yoki biroz xira suyuqlik, timyan hidli. Saqlash vaqtida xiralashishi yoki cho‘kma hosil qilishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi:
Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar kombinatsiyasi.
ATX kodi: R05KA10
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olingan kombinatsiyalangan preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta’sirga ega. Balg‘amning yopishqoqligini kamaytirishga va uning chiqarilishini tezlashtirishga yordam beradi.
Farmakokinetika
Taqdim etilmagan.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
O‘tkir bronx kasalliklarini yo‘tal bilan davolashda va yopishqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechadigan shamollash kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida (traxeit, traxeobronxit, bronxit).
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar:
Bir martalik doza – 2,6 ml
Kunlik doza – 7,8 ml
6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Bir martalik doza – 1,3 ml
Kunlik doza – 3,9 ml
Bronxipret® tomchilarni yuqoridagi jadvalga muvofiq yoshga mos dozada kuniga uch marta biriktirilgan o‘lchov stakancha yordamida qabul qilish kerak. Zarur bo‘lganda Bronxipret® tomchilarni oz miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan ichish mumkin.
Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq.
Har bir ishlatishdan oldin flakonni chayqatish kerak!
Nojo‘ya ta’sirlari
Barcha dori vositalari singari, Bronxipret® tomchilari ham nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lishi mumkin, ular har bir holatda ham paydo bo‘lavermaydi.
Nojo‘ya ta’sirlarni baholashda ularning paydo bo‘lish chastotasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar asos qilib olinadi:
Juda tez-tez:
Davolashdan o‘tgan 10 bemordan 1 tasidan ko‘proqda
Tez-tez: Kamroq, davolanishdan o‘tgan 10 bemordan 1 tasidan kamroq, lekin 100 bemordan 1 tasidan ko‘proq
Ba'zan: Kamroq, davolanishdan o‘tgan 100 bemordan 1 tasidan kamroq, lekin 1000 bemordan 1 tasidan ko‘proq
Kamdan kam: Kamroq, davolanishdan o‘tgan 1000 bemordan 1 tasidan kamroq, lekin 10000 bemordan 1 tasidan ko‘proq
Juda kam hollarda: Kamroq, davolanishdan o‘tgan 10000 bemordan 1 tasidan kamroq yoki noma’lum
Ehtimoliy nojo‘ya ta‘sirlar:
Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganda, Bronxipret tomchilarini qabul qilishni to‘xtating va shifokoringizga murojaat qiling. U nojo‘ya ta’sirning og‘irlik darajasi va zarur bo‘lgan keyingi choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Ba’zida oshqozon-ichak traktida spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Juda kam hollarda nafas qisilishi, toshmaсыпь eshakemi (krapivnitsa), yuz, og‘iz/tomoq-halqumning shishishi kabi o‘ta sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
O‘ta sezuvchanlik reaktsiyasi paydo bo‘lishining birinchi belgilarida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘sirlardan biri juda kuchli bo‘lsa yoki ushbu varaqda ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, doktoringiz yoki farmatsevtingizga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pechak, timyan, labguldoshlar oilasining (Lamiaceae) boshqa o‘simliklariga va araliyadoshlar (Araliaceae), yoki Bronxipret® tomchilarining har qanday boshqa tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlik (allergiya).
Dori vositalarining o‘zaro ta’siri
Hozirgi kungacha Bronxipret® tomchilarining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri holatlari aniqlanmagan. Bronxipret® tomchilarini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Bronxipret® tomchilari yo‘talga qarshi dorilar bilan bir vaqtda, shuningdek, balg‘am hosil bo‘lishini kamaytiradigan dorilar bilan birga qo‘llanilmasligi kerak, chunki bu suyultirilgan balg‘amning chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dorilar bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxipret® tomchilari 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berilmasligi kerak.
Tegishli tadqiqotlar yo‘qligi sababli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar shikoyatlar preparatni qabul qilgandan keyin bir hafta o‘tgach yo‘qolmasa, nafas olish qiyinlashsa, isitma va yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lsa, darhol shifokoringizga murojaat qiling.
Gastrit va oshqozon yarasi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit va oshqozon yarasi bo‘lgan bemorlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Preparat tarkibida 24% etanol mavjud (hajmiy nisbatda).
Preparatni alkogolizm bilan kasallangan yoki alkogolizmdan muvaffaqiyatli davolangan bemorlar qabul qilmasligi kerak. Spirtli ichimliklar miqdori bolalarni davolashda, tavsiya etilgan dozalardan oshib ketadigan dori-darmonlarni qabul qilishda, shuningdek, yuqori xavf guruhidagi bemorlarni davolashda, masalan, jigar kasalliklari va epilepsiya bilan kasallanganlarni davolashda hisobga olinishi kerak.
Qandli diabet bilan kasallanganlar uchun eslatma:
Bronxipret® tomchilari oz miqdorda hazm bo‘ladigan uglevodlarni o‘z ichiga oladi.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati:
hech qanday maxsus ehtiyot choralarini ko‘rish talab qilinmaydi.
Saqlash jarayonida loyqalanish yoki cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish holatlarida qorin og‘rig‘i, qusish, diareya yuzaga kelishi mumkin.
Bunday holda, bu haqda doktoringizga xabar bering, u zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
50 ml va 100 ml flakonlarda ichga qabul qilish uchun tomchilar.
Saqlash shartlari
Original qadoqda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati: 6 oy.
Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORICA SE
Kershenshtaynershtrasse 11-15
92318 Noymarkt
Telefon: 09181 231-90
Telefaks: 09181 231-265
Internet: www.bionorica.de
E-pochta: info@bionorica.de
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulot (tovar) sifati bo‘yicha iste’molchilarning da’volarini qabul qiluvchi tashkilotning manzili
«Bionorica SЕ /Бионорика СЕ/» vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 9.
Tel.: 998 71 2676211 (17); Faks: 998 71 2676213;
E-mail: office@bionorica.uz
