Bronxipret® – sirop

Ro‘yxatga olish raqami: DVIX 02717/02/17/2

Savdo nomi: Bronxipret®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi:
Oddiy pechak barglari ekstrakti + Timyan o‘tlarining ekstrakti

Dori shakli: sirop

Tarkibi (100 g siropda):
Faol komponentlar:
Timyan1 o‘tining suyuq ekstrakti3 15,0 g
Oddiy pechak2 barglarining suyuq ekstrakti4 1,5 g
Yordamchi moddalar: maltit siropi, kaliy sorbat, limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv.
1 – lotincha nomi – Thymus vulgaris L., Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasi yoki T. zygus Loefl. ex L., Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasi, yoxud ushbu ikkala tur aralashmasi.
2 – lotincha nomi – Hedera helix, Araliyadoshlar (Araliaceae) oilasi.
3 – (1:2-2,5), ekstraktor - aralashma: ammiak eritmasi 10% – glitserin 85% – etanol 90% (hajmli nisbatda) – suv 1:20:70:109 nisbatda
4 - (1:1), ekstraktor – etanol 70 % (hajmli nisbatda)

Tavsif
Och och-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidga ega shaffof suyuqlik. Saqlash jarayonida yengil opalessensiya kuzatilishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi
O‘simlik kelib chiqishi balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
АТХ kodi: R05CA10

Farmakologik xususiyatlari
Preparat balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta’sir ko‘rsatadi, balg‘amning yopishqoqligini kamaytirishga va uni chiqarishni tezlashtirishga yordam beradi.

Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Yo‘tal va balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechadigan nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarining (traxeit, traxeobronxit, bronxit) kompleks terapiyasida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning istalgan tarkibiy qismiga, araliyadoshlar va/yoki yasnotkadoshlar oilasiga mansub boshqa o‘simliklarga, shuningdek qayin, shuvoq va seldereyga yuqori sezuvchanlik; saxaroza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi; homiladorlik, emizish davri; 1 yoshgacha bolalar. Tarkibida etanol mavjudligi sababli, preparatni alkogolizm, epilepsiya, jigar kasalliklari, bosh miya kasalliklari, bosh miya jarohati hollarida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan
Oshqozon-ichak kasalliklari (gastrit, oshqozon yarasi). Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.
1 yoshdan 2 yoshgacha bolalar – 2,2 ml dan kuniga 3 marta;
2 yoshdan 6 yoshgacha bolalar – 3,2 ml dan kuniga 3 marta;
6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar – 4,3 ml dan kuniga 3 marta;
12 yoshdan katta bolalar va kattalarga – 5,4 ml dan kuniga 3 marta.
Suyultirilmagan Bronxipret® siropini qabul qilgandan so‘ng suv bilan ichish tavsiya etiladi. Preparat dozalari to‘plamga kiritilgan o‘lchov stakanchasi yordamida aniqlanadi.
Davolash kursi – 10–14 kun. Davolash muddatini uzaytirish yoki takroriy kurslarni o‘tkazish shifokor tavsiyasiga binoan mumkin.
Agar davolash davrida holat yaxshilanmasa, alomatlar kuchaysa yoki yangi belgilar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar, qo‘llash usuli va dozalarga muvofiq qo‘llang.

Nojo‘ya ta’siri
Kam uchraydigan hollarda (1/10 000 dan ortiq, lekin 1/1 000 dan kam) allergik reaksiyalar yuz berishi mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlarning chastotasi ma’lum emas, ya’ni mavjud ma’lumotlarga asoslanib baholab bo‘lmaydi: sezgirlik reaksiyalari, masalan, nafas qisishi, eshakemi (krapivnitsa), yuz, og‘iz va/yoki tomoq shishishi.
Kam uchraydigan (1/1000 dan ortiq, lekin 1/100 dan kam) holatlarda oshqozon-ichak tizimi buzilishlari (spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish) yuz berishi mumkin.
Yuqorida ta’riflangan reaksiyalarning birinchi belgilarida yoki qo‘llanma bo‘yicha ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish holatlarida oshqozon sohasida og‘riqlar, qusish, diareya bo‘lishi mumkin.
Davolash – simptomatik.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri
Bronxipret® siropni yo‘talga qarshi dorilar yoki balg‘am hosil bo‘lishini kamaytiruvchi dorilar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu suyultirilgan bag‘amni yo‘tal orqali chiqarishni qiyinlashtiradi.
Antibakterial dorilar bilan esa kombinatsiya qilish mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasi hajmiy nisbatda 6–7% etanolni o‘z ichiga oladi. Kattalar uchun tavsiya etilgan maksimal bir martalik doza – 5,4 ml, unda 0,297 g sof etil spirti mavjud. Maksimal kunlik doza (16,2 ml) esa 0,891 g sof etil spirtini o‘z ichiga oladi.
Bolalarda dori ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak (etanolning salbiy ta’siri mumkinligi sababli).
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun ma’lumot: kattalar uchun tavsiya etilgan bir martalik doza (5,4 ml) taxminan 0,18 non birligiga (NB) teng.
Dori vositasini saqlash davomida biroz shaffoflikning kamayishi yoki ozgina cho‘kindining hosil bo‘lishi mumkin, bu uning samaradorligiga ta’sir qilmaydi.
Ishlatishdan oldin chayqatib oling!

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatni qo‘llash davrida diqqatni jamlashni va psixomotor reaksiyalarning tezligini oshirishni talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyot bo‘lish kerak (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operator bo‘lib ishlash).

Chiqarilish shakli
Sirop. Dozalash moslamasi, himoya halqasi bo‘lgan ko‘k rangli burama qopqoq va yuqori qismida o‘lchov stakanli to‘q shisha flakonda 50 yoki 100 ml. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash shartlari
Original qadoqda (to‘q shisha flakon, karton quti), 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlang!

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.
Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Berish tartibi
Retseptsiz beriladi.

Ishlab chiqaruvchi
BIONORICA SE, Kershenshtaynershtrasse 11-15, 92318 Noymarkt, Germaniya

Telefon: 09181 231-90

Telefaks: 09181 231-265

Internet: www.bionorica.de

E-pochta: info@bionorica.de

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulot (tovar) sifati bo‘yicha iste’molchilarning da’volarini qabul qiluvchi tashkilotning manzili

«Bionorica SЕ /Бионорика СЕ/» vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 9.
Tel.: 998 71 2676211 (17); Faks: 998 71 2676213;

E-mail: office@bionorica.uz